Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi motoo‘qchilari marsh chog‘ida shartli terrorchilar kolonnasini yo‘q qildi, deb yozadi Asia-Plus. O‘quv mashqlarida 500 ga yaqin harbiy xizmatchi va 40 dan ortiq texnika ishtirok etdi.
Harbiy mashqlar doirasida Rossiyaning bronetransportyordagi motoo‘qchialr batalyoni 201-harbiy baza razvedkachilari aniqlagan shartli terrorchilar kolonnasini to‘xtatib qolish uchun olg‘a siljidi.
Yashirin pozitsiyalarni egallab, motoo‘qchilar shartli jangarilar qarshiligini yengdi va “Akatsiya” o‘ziyurar artilleriya qurollaridan o‘t ochib, chekinayotgan dushman bo‘linmalarini tor-mor keltirdi. Mashqlar Lyaur tog‘li poligonida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)