Afg‘oniston janubidagi Zabul viloyatidagi uchta nazorat-o‘tkazish punktlariga jangarilar guruhi hujumlar uyushtirdi. “RIA Novosti” axborotiga ko‘ra, ushbu hujumlar oqibatida sakkiz politsiyachi halok bo‘lgan.
Viloyat gubernatorining rasmiy vakili Gulislom Siyolning ma’lum qilishicha, hujumlar ketma-ketligi shanbaga o‘tar kechasi yuz bergan. Hujumlar oqibatida yana uch politsiyachi tan jarohati olgan.
Afg‘onistonning 1TV telekanali axborotiga ko‘ra, ushbu hujumlar uchun javobgarlikni radikal kayfiyatdagi “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga olgan.
Izoh (0)