• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda “buxanka” non narxi nega oshdi?

    O‘zbekistonda 15-sentabrdan qolipli non — “buxanka”ning narxi ko‘tarildi. 2014 yildan beri narxi 650 so‘m bo‘lib kelgan non endi 1200 so‘mdan sotilmoqda. Bu non bahosi 550 so‘mga oshdi, deganidir. “Xalq so‘zi Onlayn”ning yozishicha, kundalik iste’moldagi eng muhim oziq-ovqat mahsuloti narxining keskin ko‘tarilishi iste’molchilarda ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda. Nega non birdaniga salkam ikki barobarga qimmatlashib ketdi? Buning asl sababi nimada?

    Bunga oydinlik kiritish maqsadida “Xalq so‘zi Onlay” muxbirlari dastlab faoliyati Toshkent shahri aholisiga non va non mahsulotlari yetkazib berishga qaratilgan “Toshkentnon” ishlab chiqaruvchilar uyushmasiga murojaat qilgan.

    “Hozirgi paytda uyushmamiz tomonidan kuniga o‘rtacha 500—550 tonna non va non mahsulotlari ishlab chiqarilib, aholi dasturxoniga yetkazib berilmoqda. Non narxining ko‘tarilishi esa, avvalo, ishlab chiqarish tannarxiga bog‘liq. Chunki shu kunga qadar birinchi navli unning 1 kilogrammini 930 so‘mdan sotib olardik. Shuning hisobiga bitta qolipli non ishlab chiqarib, to u savdo do‘koniga yetkazib berilguniga qadar tannarxi 591 so‘mga to‘g‘ri kelardi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1000 so‘mni tashkil etmoqda. Sababi, unning bahosi ham ko‘tarilib, 1 kilogrammini 1400 so‘mdan xarid qilyapmiz. Bu Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi 731-sonli qarori bilan belgilangan bo‘lib, narx-navo joriy yilning noyabridan yana oshishi mumkin”, — deydi “Toshkentnon” uyushmasi bosh hisobchisi Ruslan Musretov.
    Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2018-yil 15-sentabrdan boshlab 1 kilogramm bug‘doy unining ulgurji narxi 1400 so‘m miqdorida belgilangan. Ushbu hujjatda mazkur narxni 1 noyabrgacha bekor qilish ham ko‘zda tutilgan. Negaki, endilikda qolipli non talab va taklif asosida shakllantiriladigan erkin bozor narxi bo‘yicha sotiladi.

    Bu jarayonda aholining ijtimoiy himoya qilish, ayniqsa, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarning un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi (15-sentabr holatiga ko‘ra — 18,4 ming so‘m) miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi. Bu yangilik amaliyotga shu yilning 1-oktabridan joriy etiladi.

    Bundan tashqari, qarorda 14 yoshgacha farzandlari bo‘lgan oilalarga bolalar sonidan kelib chiqqan holda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan belgilangan nafaqa to‘lanishi ham o‘z aksini topgan. Eng asosiysi, bozorda don va un narxlari keskin o‘zgarishining oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib, zarurat tug‘ilganda davlat zaxirasidan don chiqarilishi bog‘liq chora-tadbirlari ko‘rilishi ko‘zda tutilgan.

    Ayrimlar narx-navoni joriy mavsumda g‘alla hosili mo‘ljaldagidan kam bo‘lgani oqibati bilan bog‘lamoqda. Bu qanchalik haqiqatga yaqin? Ushbu savolga javob olish uchun “Xalq so‘zi Onlayn” muxbirlari “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi mutasaddilariga murojaat qilgan.

    “Bu kabi gap-so‘zlar asossiz. Chunki kompaniyamiz tizimidagi korxonalarda o‘tgan yildagidan kam bo‘lmagan miqdorda bug‘doy qabul qilindi. Ular sifatli saqlanib, peshma-pesh qayta ishlanmoqda. Mamlakatimiz aholisi ehtiyojiga yarasha bug‘doy jamg‘arilgan. Un yetkazib berishda uzilishlar ro‘y bermaydi”, deydi Don va urug‘lik tayyorlash va saqlashni tashkil etish boshqarmasi mutaxassisi Akrom Ismoilov.
    “Donni qayta ishlovchilar, non tayyorlash korxonalari ishchilari bilan suhbatlashar ekanmiz, ular unning narxi oxirgi marta 2014 yilda oshgani ta’kidlashmoqda. Oradan to‘rt yil o‘tib, bitta non bahosining bir litr gazlangan suv narxiga yaqinlashganini ‘normal holat‘ deya qabul qilishayotir. Yana ular amaliyotga erkin bozor narxi qo‘llanilishini ishlab chiqarish korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, ishchi-xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi muhim qadam, deya baholashyapti”, — deb yozadi “Xalq so‘zi Onlayn”.

    15.09.2018, 19:07   Izoh (0)   126087
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2017-yilda tez tibbiy yordam orqali 8,5 mln aholigi xizmat ko‘rsatildi

    15.09.2018, 18:52

    Nukusda militsionerga 1 mln so‘m pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi

    15.09.2018, 18:36

    “Tashabbus—2018” tanlovining Samarqand shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

    15.09.2018, 18:19

    O‘zbekistondagi ilk tog‘-chang‘i kurorti — “Amirsoy” 15-dekabrdan ishga tushiriladi

    15.09.2018, 17:04

    Adhamjon Tillavoldiyev Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

    15.09.2018, 15:42

    Rossiyaning Oryol viloyatidagi YTHda halok bo‘lgan 3 o‘zbekistonlikning jasadi Andijonga olib kelindi

    15.09.2018, 14:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.