• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Zarafshonda o‘g‘il onasini “ishqiy SMS” sabab pichoqlab o‘ldirdi

    Sudda sudlanuvchi Z. Rajabov onasi F. Xolmamatovani o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirgani va singillari Gulchehra va Gulbonu Rajabovalarni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgani aniqlandi, deb xabar bermoqda UzNews.

    Foto: “UzNews

    Foto: “UzNews

    Bu sovuq xabar quloqqa chalingan zahotiyoq kishining yuragi orqaga tortib ketadi, daf’atan seskanib tushasan, kishi. Axir, xalqimiz onaga qo‘l ko‘tarish tugul uning yuziga tik qarashni ham og‘ir gunoh deb biladi.

    Ammo hayotda yaxshiliklar, quvonchu shodliklar bilan birga kutilmagan fojialar ham uchrab turadi. Hayotda to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslik, xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun bu kabi fojianing kelib chiqish sabablaridan ogoh bo‘lish foydadan xoli emas.

    Avvalo shuni ay­­tish kerakki, xal­­qi­miz marhum va marhumalar haqida yomon so‘z aytishni gu­noh deb biladi. Nachora, ush­bu fojianing asl mohiyatini osh­kor qilish uchun milliy tabiatimizning ana shu taomilidan chetga chiqishga to‘g‘­ri ke­ladi. Biz buning uchun muhtaram gazetxondan oldindan uzr so‘raymiz.

    Hakim (ism-familiyalar o‘z­gartirildi) bilan Farida 1996-yilda turmush qu­rishgandi. Avval o‘g‘illari Zokir dunyoga keldi. Keyinchalik esa, qizlari Gulchehra bilan Gulbonu tug‘ildi. Ularning oi­lasi tinch, osuda turmush kechirishayotgandi. O‘g‘il-qiz­lar bo‘y cho‘­zib, voyaga yetayotgandi. Birovdan oldin, birovdan ke­yin deganday, ro‘z­g‘or o‘tib turgandi. Biron narsadan zoriqish yo‘q edi. Oila boshlig‘i Hakim ro‘zg‘or yukini bo‘yniga olib, tinim bilmas, toparmon-tutarmon edi.

    Xonadondan qattiq-quruq gap tash­qariga chiqmasdi.

    Biroq ko‘z tegdimi, oiladagi tinch-totuvlik, ahil-inoqlik kutilmaganda, ostin-ustun bo‘lib ketdi.

    Faridaning akasi Toshkentda do‘kon ochgan bo‘lib, savdo ishlarini yuritishga singlisini chaqirgani, bir tomondan, yaxshi edi. Har holda tug‘ishgan sing­lisi-da, ishonch­li. Ikkinchi tomondan, Tolibjon poytaxtda singlim jiyanlarimni o‘qi­tib oladi, degan fikrga ham borgandi. Shu sababli Hakim Zarafshon shahrida qo­lib, xotini bilan bolalarini olis Toshkent shahriga ko‘chib ketishiga qarshilik qilmadi.

    Farida bolalari bilan Tolibjonning uyiga joylashishdi. U do‘konda sav­do-sotiq bilan shug‘ullana boshladi. Zokir kollejlarning biriga o‘qishga kirdi.

    Gulchehra bilan Gulbonu maktabga qatnashardi. Kunlar, oylar shu tariqa bir zaylda o‘tib borayotgandi.

    Ularning Toshkentda yashay boshlaganiga bir yarim yil bo‘lganda... O‘shanda Tolibjon to‘ng‘ich qizini uzatayotgandi. Hovlida mehmonlar ko‘p edi. Bir payt Zokir onasi chetga chiqib, kim bilandir telefonda gaplashayotganini sezib qoldi. Keyin esa, u payt poylab onasining telefoniga kelgan qo‘ng‘iroqlarni tekshirib ko‘r­di. Telefonda ish­qiy "SMS" xabarlari ko‘p edi...

    Endigina 17 yoshga to‘layotgan Zokir uzoq o‘yladi. Otasi onasining bu ishlarini sezib qolsa, oxiri yaxshilik bilan tugamasligi aniq. O‘sha begona er­­kakka qo‘ng‘iroq qilib, onasini tinch qo‘yishini so‘radi. Lekin buning evaziga u haqorat eshitdi. Bu uning ko‘ng­liga juda og‘ir botdi. Oilaning keyin­gi taqdiri ham ko‘ziga ko‘rinmadi. Ota­­siga qo‘ng‘iroq qilib, ro‘y bergan voqea­lardan xabardor qildi.

    — Shundan so‘ng men Faridaning telefon so‘zlashuvlarini aloqa kompa­niya­­sidan tekshirtirdim, — deydi dast­labki tergovdagi ko‘rsatmada gu­voh Hakim Rajabov. —  Turmush o‘rtog‘im Farida Xolmamatova begona erkak bilan o‘t­tiz kun ichida to‘qson marotaba gaplashgan ekan.

    Ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab ol­magan bo‘lsa-da, erli ayolning begona erkak bilan ko‘p marotaba telefon orqa­li aloqada bo‘lgani qani ayting, kimda shubha uyg‘otmaydi?!. Yana o‘g‘li Zokir guvoh bo‘lgan SMSlar-chi?!

    Taqdir sinoviga tan bergan H. Rajabov birato‘la hammasiga qo‘l siltaydi.

    Farida bilan boshqa-boshqa yashashga ahd qiladi. Shunday bo‘ladi ham. 2015-yilning noyabr oyida Farida qizlari bilan Zarafshonga qaytib ke­ladi. Zokir kollejda o‘qiyotgani bois Toshkentda qolgandi. Ota H. Rajabov shaharning 2-kichik tumanida, Farida esa, qizlari bilan 6-kichik tumanda ko‘p qa­vatli uyda alohida yashashardi.

    Kunlarning birida Gulbonu onasi bilan tilla taqinchoq ustida janjallashib qoladi. Shundan so‘ng u uydan arazlab chiqib ketadi va dugonasinikida yashay boshlaydi. Buni eshitgan Hakim qizini topib, uyiga boshlab ke­ladi. O‘tgan 2017-yilning yoz oyida o‘qishni tugatgan Zokir Zarafshonga qay­tadi va to‘ppa-to‘g‘ri otasining oldiga boradi. Shu tariqa Hakim o‘g‘li Zokir, qizi Gulbonu bilan birga yashay boshlaydi.

    Xudo qarg‘agan o‘sha kun Zokir do‘stlari Ravshan va Adham bilan istirohat bog‘idagi oshxonada ovqatlanishadi. Ular bir bakaldan pivo ichishadi. Oradan bir soatlar o‘tgach, ular “Sharq” oshxonasiga kirishadi-da, yana pivo ichishadi.

    Ravshan bilan Adham Zokirga singillarining yurish-turishi to‘g‘risida bilganlarini oqizmay-tomizmay gapirib berishadi.

    Otasi bilan onasi alohida-alohida yashayotgani Zokirning o‘tirganda ham, turganda ham xayolidan nari ketmasdi. Bunisi yetmaganidek, singillari haqi­dagi sovuq gaplar uni butkul karaxt qi­lib tashladi.

    U yarim tunda uyiga qaytgach, otasidan singlisi Gulbonuni qayergadir ket­ganini eshitib, yuragini to‘ldirgan shubha-gumoni o‘n chandon oshadi. Shundan so‘ng ota-o‘g‘il Gulbonuning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilishdi. Ular qay­ta-qayta qo‘ng‘iroq qilishganiga qaramay javob bo‘lmadi, Gulbonuning telefoni o‘chirilgandi. Shundan so‘ng Zokir uxlab qolganda, ehtimol, yaxshi bo‘­lardi. Lekin u jahl aralash otasiga “qizlaringiz buzilib ketgan”, deganini o‘zi ham bilmay qoldi. Bundan g‘azabi qo‘zigan ota o‘g‘lining yuziga tarsaki tushirdi.

    G‘azabdan yuzlari bo‘g‘riqib ketgan Zokir mehmonxonadagi shkafda turgan qora dastali pichoqni olib, eshikka otildi. Otasining qarshilik ko‘rsatgani, yo‘ldan qaytarishga uringani hech qanday foyda bermadi. Zokir aqldan ozgandek qiyofada, qo‘lida pichoq bilan ko‘chaga chiqdi...

    ... Uy eshigi taqillagach, uxlab yotgan Farida o‘rnidan turib, uni ochadi. Zokir ichkariga kirgach, narigi xonada yotgan Gulchehra bemahalda kim kelganligini onasidan so‘raydi. Farida unga javoban “akang, Zokir keldi”, deydi.

    Uyga kirgan o‘g‘lini ona yelkasidan qu­chib yuzidan o‘padi va “ichibsan-da” deydi.

    O‘g‘il onasiga javoban do‘stlari bilan ozroq ichganini, otasi bilan janjallashib qolganini aytadi. Buni eshitgan zahotiyoq Faridaning avzoyi buzilib, bolalarining otasini qar­g‘ashga tushadi. Shundan so‘ng u mehmonxonaga kirayotganda, Zokir apil-tapil cho‘ntagidan pichoqni olib, onasining o‘ng biqiniga bir marotaba sanchadi. Ojiza ayol kutilmagan pichoq zarbidan baqirib yuboradi. Zokir esa, butkul o‘zini yo‘qotib qo‘y­gancha onasining duch kelgan joyiga pi­choq sancha boshlaydi. Bu mudhish voqeani ko‘rib turgan Gulchehraning esxonasi chiqib ketadi. U "dod" solgancha onasini ajratib olishga urinadi, lekin Zo­kir qo‘lidagi pichoq bilan unga ham hamla qiladi va jarohat yetkazadi — yaqi­nida turgan singlisi Gulbonuga ham bir necha marotaba pichoq uradi.

    Sud-tibbiy ekspertizasining 2017-yil 20-sentyabrdagi xulosasida marhu­ma F. Xolmamatovaga og‘ir tan jarohati yetkazilgani qayd etilgan.

    Jabrlanuvchi Gulchehra Rajabovaning o‘ng yelka va o‘ng qo‘l muskullarida sanchib kesilgan ko‘rinishdagi og‘ir ja­­­rohatlar borligi aniqlangan. Jabr­lanuvchi Gulbonu Rajabovaning ko‘y­­lagi old yuzasida oltita sanchma-kesma mato jarohatlari bo‘lib, ular o‘tkir sanchma-kesma jismlar ta’sirida yuzaga kelgan jarohatlar ekanligi ekspertiza xulosalarida bayon etilgan.

    Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, sudlanuvchi Z. Rajabov javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda onasi F. Xolmamatovani o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirgan. Shuningdek, u singillari Gulchehra va Gulbonu Rajabovalarni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

    Sud sudlanuvchi Z. Rajabovni Ji­noyat­ kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi, 25,97-moddasi 2-qismi “a”, “g”, “j”  bandlari va 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni so­dir etganlikda aybdor deb topdi. Un­ga nisbatan qo‘yilgan har bir modda bo‘yicha alohida-alohida ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘­shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.

    Yuqorida bayon etilgan ayanchli fojiani o‘qigan har bir o‘quvchining ko‘nglida bir-biridan og‘riqli savollar pay­­­do bo‘ladi. Xo‘sh, endigina voyaga yetgan Zokir nega onasining qotiliga aylandi? Buning sabablari nima bilan izohlanadi? Bu fojianing yuz berishida faqat u aybdormi?!

    Bu savollarga javob izlaganda, avvalo, har bir o‘quvchida bu fojianing ro‘y berishida ming yillik oilaviy qad­riyatlarga bepisandlik bilan qa­rash, yanayam aniqroq aytganda, bevafolik, oila, farzandlar oldidagi mas’uliyatni his etmaslik sabab bo‘l­gan, degan fikr tug‘iladi.

    Aslida, hammasi ota — Hakim Zarafshonda qolib, xotini va farzandlari Toshkentda yashagandan boshlangan. Aynan o‘sha paytda oilaning ustunlariga darz ketgan. Nega deganda, oilada — oilaning rahbari otaning o‘rni, javobgarligi yo‘qolgan. Boshqacha aytganda, oilada bo‘shliq yuzaga kelgan. Bu erkinlikni o‘zicha tushungan Farida ayollik sha’ni, qadr-qimmati, oilada ona sifatidagi mas’uliyatini unutib qo‘ygan, nopok yo‘lga qadam bosgan...

    Zokir — qo‘li qonga botgan qotil, uning aybini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Lekin chuqurroq mulohaza yuritsak, u o‘z-o‘zidan bunday og‘ir jinoyatga qo‘l urmagani ayon bo‘ladi. Aniqroq aytganda, u oilasidagi isnodni ko‘­­tarish, bu taqdir sinovini sabr bilan yengib o‘tishga ojizlik qilgan.

    Bu fojiani bayon etishdan maqsad shuki, oilaviy qadriyatlarga hamisha yuksak hurmat, sodiqlik bilan munosabatda bo‘lish kerak. Oilada ota yo ona oilani tutib turgan, uning tinch-totuvligini ta’minlaydigan qadriyatlarga nopisandlik bilan qarashi hech qachon beiz ketmaydi, kutilmagan og‘ir fo­jialarni keltirib chiqaradi.

    Faxriddin XALILOV,jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudining sudyasi

    14.09.2018, 20:37   Izoh (0)   167104
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentning Mirobod tumanidagi YTHda bir kishi halok bo‘lib, uch kishi jabrlandi

    14.09.2018, 20:24

    APTLD yubiley sammiti Toshkentda bo‘lib o‘tadi

    14.09.2018, 20:11

    O‘zbekistonda yo‘lsozlarga maxsus avtomobillar berildi

    14.09.2018, 19:47

    Aleksandr Lukashenko davlat rahbarlari orasida birinchi bo‘lib Shavkat Mirziyoyevning Chorvoqdagi shaxsiy qarorgohiga tashrif buyurdi

    14.09.2018, 19:36

    “O‘zbekiston 24” orqali tanqid qilingan o‘quvchilarning ota-onalari lavha mualliflarini sudga bermoqchi

    14.09.2018, 19:24

    Samarqand viloyati hokimligi huzurida jamoatchilik kengashi tashkil etildi

    14.09.2018, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25

    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi

    Reklama | 7 iyun, 18:00

    O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi

    Sport | 7 iyun, 18:04

    Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:51

    Kelgusi hafta boshida ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:35

    Surxondaryoda YPX xodimlari qochishga uringan haydovchiga kuch ishlatdi (video)

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:00

    Ronaldu klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etadimi? Futbolchining o‘zi bu haqda gapirdi

    Sport | 7 iyun, 16:33
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.