“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo‘lsozlarga qulayliklar yaratish, ularning faoliyatida ish unumdorligini yanada oshirish maqsadida 20 ta zamonaviy maxsus xizmat avtomobili foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Isuzu rusumidagi mazkur xizmat avtomobillari 16 yo‘lovchi sig‘imiga ega. Yuk ko‘tarish quvvati 3 tonna 450 kilogrammni tashkil etadi. Yuqori tezligi 90 kilometr soatdan oshadi. Yoqilg‘i sarfi 100 kilometrga 20 litrni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, ish qurollari joylashtirish uchun maxsus joylar ham mavjud bo‘lib, u yo‘l xo‘jaligida kerakli bo‘lgan uskunalarni o‘rnatish va tashishga mo‘ljallangan.
Mazkur zamonaviy avtomobillar korxonalardagi eskirgan texnikalarni yangilash dasturi bo‘yicha xarid qilindi va tarmoqning hududiy bo‘linmalariga tarqatildi.
Izoh (0)