Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko chet davlatlar rahbarlari orasida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shahar tashqarisidagi shaxsiy qarorgohiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “BELTA” Belarus Telegraf Agentligi.
“Qaynarsoy” qarorgohi Toshkentdan 90 km uzoqlikda, g‘arbiy Tyanshan tog‘i etaklaridagi Chorvoq suv ombori yoqasida joylashgan.
Qarorgoh dengiz sathidan 900 m balandlikda joylashgan. Hududda bir nechta turar joy inshootlari, vertolyot maydoni va prichal bor.
“BELTA” ma’lumotlariga ko‘ra, bungacha Shavkat Mirziyoyev “Qaynarsoy”ga chet el yetakchilarini taklif qilmagan.
Izoh (0)