Koreya respublikasi prezidenti Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashish uchun 16-sentabr kuni Pxenyanga samolyotda uchib keladi, deb yozadi “TASS”.
Ikki davlat yetakchilari muzokaralariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ilg‘or guruh Pxenyanga 16-sentabr kuni keladi. Sammit esa 18—20-sentabr kunlari KXDR poytaxtida bo‘lib o‘tadi.
“Mun Chje In va Janubiy Koreya delegatsiyasi Pxenyanga sharqiy aviayo‘lak orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri reys bo‘yicha boradi”, — deyiladi ma’muriyat xabarida.
Janubiy Koreya delegatsiyasi tarkibiga 200 kishi kiritilgan. Uning kamida ikki nafar a’zosi aniq: Bu sobiq bosh vazir Li Xve Chxan va Samsung kompaniyasi guruhining ijrochi direktori Ki Nam Kim.
Izoh (0)