Xitoyda jarrohlar bemorning miyasidan o‘n santimetrli tasmasimon qurtni olib tashladi, deb xabar bermoqda “Trud.ru”.
Nanchan shahrida yashovchi Lyu familiyali 26 yoshli yigit o‘zida tutqanoq xuruji sodir bo‘lgach, tibbiy tekshiruvdan o‘tishga kelgan. Qon tahlili Spirometra mansoni turidagi qurt borligini ko‘rsatgan.
Operatsiyaning noodatiyligi shundan iborat bo‘ldiki, bemorning organizmidan chiqarib olish vaqtida qurt tirik bo‘lgan.
Shifokorlar taxmin qilishicha, parazit Lyuning grilda pishirilgan taomlarga o‘chligi tufayli uning organizmiga tushib qolgan. Tasmasimon qurtning tuxumini u yaxshi pishmagan go‘sht bilan birga yeb yuborgan, so‘ng u qonga o‘tib, ichki organlardan biriga joylashib olgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)