Falastinni ozod qilish tashkiloti (FOQT) AQSh bilan hamkorlikni to‘liq to‘xtatish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda FOQT vakili Xanan Ashraviy ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadamni tashkilot markaziy kengashining yaqinda bo‘lib o‘tadigan majlisi ishtirokchilari muhokama qiladi.
Avvalroq AQSh hukumati Falastin muxtoriyatiga 2018-yilda beriladigan moliyaviy ko‘mak hajmini taxminan 500 million dollarga qisqartirgan edi.
10-sentabr kuni AQSh Vashingtondagi FOQT vakolatxonasini yopishga qaror qildi, bunga FOQT rahbariyati “AQSh ma’muriyatining falastinliklar va isroilliklar o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamagani” sabab qilib keltirildi.
Izoh (0)