13-sentabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda “Ekstremizmga qarshi onlayn kurash” mavzuida II xalqaro simpozium o‘z ishini boshladi. Tadbirda “Daryo” vakili ishtirok etmoqda.
Tadbir tashkilotchilari — Yevropa Ittifoqi hamda jurnalistikani qo‘llab-quvvatlovchi Internews nodavlat notijorat tashkilotidir. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari vakillari — davlat idoralari xodimlari, jurnalistlar, shuningdek, yevropalik ekspertlar qatnashmoqda. Ishtirokchilar ichida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari ham bor.
Simpozium boshlanishida Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Sag‘inbayev, Qirg‘iziston Prezidenti apparati vakili Mira Qaribayeva va boshqalar kirish qilib berib, tadbir mavzusiga oid ma’lumotlarni keltirdi. Ayni paytda ekspertlarning chiqishlari kutilmoqda.
Tadbir doirasida internet xavfsizligi bo‘yicha ma’ruzalar, shuningdek, davra suhbatlari va munozaralar nazarda tutilgan.
Izoh (0)