AQSh Vakillar palatasida uy hayvonlaridan ovqat pishirishda foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi, deb xabar bermoqda CBS News. Taqiq it va mushuklarni shu maqsadda boqish, olib kelish, sotish va o‘ldirishga taalluqli bo‘ladi.
Qonunbuzarlar uchun maksimal jarima 5 ming dollarga teng. Qonunda uy hayvonlarining ichki va tashqi savdosiga cheklovlar keltirilgan.
Ta’kidlanishicha, 44 ta shtatda uy hayvonlarini pishirib yeyishni taqiqlovchi qonunlar yo‘q. To‘liq taqiq Kaliforniya, Jorjiya, Michigan, Nyu-York, Virjiniya va Gavayida amal qiladi. Loyiha mualliflari hindular qabilalari uchun istisno qildi, ular it va mushuk go‘shtini diniy marosimlar doirasida iste’mol qilishi mumkin.
Izoh (0)