Rossiyada Nexia va reys avtobusi to‘qnashib ketishi oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana bir nafari jarohat oldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Foto: FVV

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan birlamchi ma’lumotga asosan 2018-yilning 11-sentabr kuni soat 07:15 (Moskva vaqti bilan)da Orlovsk viloyati Orlovsk tumani M-2 “Qrim” avtoyo‘lining 322-kilometrida 403-yo‘nalishda harakatlanayotgan PAZ rusumli avtobus  (O 66 KU 57 RUS) bilan Daewoo Nexia rusumli yengil avtomoblining (V 120 VA 116 RUS) to‘qnashuvi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida voqea joyida Nexia avtomobilida bo‘lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan, 1 nafar  fuqaro turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, dastlabki ma’lumotga asosan ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi mumkin.