• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi tuziladi

    “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorini O‘zA e’lon qildi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Qaror hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, bo‘sh turgan obyektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmadan samarali va oqilona foydalanish maqsadida qabul qilindi.

    Hujjatga muvofiq, hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha hududiy guruhlar tuziladi.

    Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
    hududiy guruhlar moliyalashtirish manbalarini (mahalliy byudjet, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning tegishli faoliyat sohalari bo‘yicha byudjetdan tashqari jamg‘armalari) aniqlagan holda, davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga tegishli hududda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalar bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida loyiha tashkilotlarini jalb etish yuzasidan majburiyatlarni yuklash huquqiga ega;
    qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda auksion savdolariga qo‘yiladigan bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlarining aniq investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilagan holda savdoga qo‘yiladi;
    tegishli hududda, shu jumladan, bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalaridan foydalangan holda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining veb-saytlarida va Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi, shuningdek, televideniyeda e’lon qilinadi;
    tadbirkorlik subyektlari tegishli hududda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalarni tanlashda tegishli hujjatlarni keyinchalik hududiy guruhning ishchi organiga yuborish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki bevosita hududiy guruhning ishchi organiga murojaat qilishi mumkin;
    hududiy guruhlar bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarining ularda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarni, shu jumladan, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni ko‘rsatgan holda elektron auksion savdolariga qo‘yilishini ta’minlaydi;
    hududiy guruhlar, zarur hollarda, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli xorijiy investorlarni, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillarini jalb etgan holda xorijga chiqish hamda xalqaro investitsiya forumlari va konferensiyalarda ishtirok etish orqali izlash va topish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega;
    ushbu qaror talablariga muvofiq o‘tkaziladigan elektron auksionni o‘tkazishning umumiy muddati, istisno tariqasida, “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartib-taomillar bilan birga 10 kundan oshmasligi lozim;
    bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari yoki yer uchastkalari auksion g‘olibiga bir yilgacha muddatda oldindan zaxiraga olish shartlarida (loyihaning murakkabligidan kelib chiqib, muddatini uzaytirish imkoniyati bilan) keyinchalik investitsiya shartnomasida ko‘rsatilgan shartlar bajarilganidan so‘ng egalik va foydalanish huquqini rasmiylashtirgan holda beriladi. Investor tomonidan investitsiya shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, zaxiraga olish investorning xarajatlari qoplanmagan holda bekor qilinadi;
    Komissiya har oyda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hududiy guruhlar hisobotini eshitadi, so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga axborot kiritadi.
    Quyidagilar hududiy guruhlar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari etib belgilansin:
    tegishli hududda har ming kishiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari va ko‘rsatilgan xizmatlar;
    tegishli hududda, ayniqsa, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun yaratilgan doimiy ish o‘rinlari;
    amalga oshirilgan tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalari, shuningdek, o‘zlashtirilgan investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar;
    ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan bo‘sh turgan obyektlar va yer uchastkalari;
    erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlarida amalga oshirilgan loyihalar.
    Belgilab qo‘yildiki, har chorak yakuni bo‘yicha ishlarning natijadorligiga qarab:
    Komissiya qarori bilan Komissiya va hududiy guruhlar a’zolariga eng kam ish haqining 30 baravarigacha miqdorda, ularning rahbarlariga esa eng kam ish haqining 50 baravarigacha miqdorda bir martalik mukofot to‘lanadi;
    Komissiya va hududiy guruhlar a’zolariga, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan 30 foizdan 50 foizgacha miqdorda lavozim maoshidan ushlab qolish yoki egallab turgan lavozimidan ozod qilish shaklida javobgarlik choralari qo‘llanadi.

    11.09.2018, 19:33   Izoh (0)   12865
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada Nexia va reys avtobusi to‘qnashib ketishi oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    11.09.2018, 19:03

    Jahongir Ortiqxo‘jayev Germaniyaga Kompetenzzentrum – Großsiedlungen markaziga tashrif buyurdi

    11.09.2018, 18:33

    Toshkentda ijtimoiy tarmoqda xotinining nomidan sahifa ochgan erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    11.09.2018, 18:10

    Urganch ko‘chalarida videokuzatuv kameralari o‘rnatildi

    11.09.2018, 17:59

    Chilonzor tumanida 300 nafar ko‘zi ojiz fuqarolar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi

    11.09.2018, 17:45

    Uzcard “Karta hisobidagi pul miqdorini muzlatish” xizmatini ishga tushirdi

    11.09.2018, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.