Tinch okeani havzasida joylashgan Fiji IShIDga qarshi Amerika koalitsiyasiga qo‘shildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Fiji koalitsiyaga 79-a’zo sifatida qo‘shilgan. Mazkur mamlakat tinchlik o‘rnatish bo‘yicha xalqaro harakatlarda ishtiroki bo‘yicha 40 yillik tarixga ega.
AQSh va uning ittifoqchilari Suriya va Iroqda IShIDga zarba bermoqda. Suriyadagi zarbalar mamlakat hukumati bilan kelishilmagan holda amalga oshirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)