Rossiya oliy sudi novosibirsklik sobiq huquq-tartibot organi xodimi Yevgeniy Chuplinga nisbatan qo‘llanilgan umrbod qamoq jazosini bekor qildi, deb yozadi “RBK”.
Sud hukmi bekor qilindi va ish sudga qaytarilgan. Unga nisbatan jazo darajasi qayta ko‘rib chiqiladi.
Sobiq militsiya xodimi Chuplin 2018-yilning mart oyida 1998—2005-yillar davomida 19 nafar ayolni o‘ldirganlikda ayblangan edi. U ushbu jinoyati uchun 4 million rubl jarima to‘lagan hamda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Tergovda aniqlanishicha, u 18 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan ayollarni aldab, mashinasiga o‘tqazgan, keyin ularni xilvat joyda o‘ldirgan va tanasini bo‘laklagan.
Izoh (0)