Alibaba Group, “Megafon”, Mail.Ru Group va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi Vladivostokdagi iqtisodiy forumda strategik sheriklik tuzilgani haqida e’lon qildi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Sheriklar 2019-yil birinchi choragida elektron tijoratning barcha segmentlarida korporatsiyalar hamkorligini amalga oshiruvchi AliExpress Russia qo‘shma korxonasi tuzilishi bo‘yicha kelishuvni yakuniga yetkazishni rejalashtirmoqda.
“Elektron tijorat sohasida global yetakchi bilan sheriklik Rossiya iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Mazkur kelishuv Rossiya—Xitoy ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlashda katta imkoniyat eshiklarini ochadi. Rossiya elektron tijorat bozorining ulkan salohiyati mavjud. Shuningdek, rossiyalik ishlab chiqaruvchilar oldida yangi bozorlarga chiqish borasida yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi”, — deya mazkur kelishuvga izoh berdi Mail.ru Group va “Megafon” egalaridan biri bo‘lgan Alisher Usmonov.
Izoh (0)