“Real” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan tez orada murabbiylik faoliyatiga qaytishini ma’lum qildi.
“Albatta, tez orada mashg‘ulot o‘tkazishni boshlayman. Bu — men yaxshi ko‘radigan ish. Mening butun hayotim — futbolda!”,— deydi Zidan.
Ma’lumot uchun, 45 yoshli fransiyalik mutaxassis “Real”ni yozda tark etgandi. Zidan “Qirollik klubi”ni 2015/16-yilgi mavsumda qabul qilib olgan edi. Jamoa uning qo‘l ostida Ispaniya chempionati, mamlakat Superkubogi, 2 marta Yevropa Superkubogi, 2 marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqishga erishgandi. Shuningdek, u “Real” bilan ketma-ket uch marta (2016, 2017, 2018) YChL kubogini boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Zinedin ishlagan 2,5 yilda “Real” umumiy hisobda 9 ta sovringa ega chiqdi.
Avvalroq Zidanning “Manchester Yunayted”ga bosh murabbiy bo‘lishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Izoh (0)