Kecha, 9-sentabr sanasida UEFA Millatlar Ligasi 2-turi doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Amaldagi jahon chempionlari — Fransiya o‘z maydonida Niderlandiyani qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Fransuzlarning gollariga Kilian Mbappe hamda Olive Jiru mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlardan esa Rayan Babel o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ukraina terma jamoasi o‘z maydonida Slovakiyaga qarshi bahs olib borib, 80-daqiqada Andrey Yarmolenkoning penaltidan kiritgan goli sabab 3 ochkoga ega chiqdi. Daniya terma jamoasi esa Garet Beyl yetakchiligidagi Uelsni o‘z maydonida qabul qilib, Kristian Eriksenning dubli evaziga g‘alaba qozondi. Sloveniya terma jamoasi mehmonda Kipr terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
UEFA Millatlar Ligasi
2-tur bahslari
9-sentabr, yakshanba
Izoh (0)