Serbiyalik tennischi Novak Jokovich “Ulkan toj” seriyasiga kiruvchi AQSh ochiq chempionati – US Open—2018 g‘olibiga aylandi.
Novak finalda argentinalik Xuan Martin del Potroga qarshi kortga chiqib, 3 soat 15 daqiqa davom etgan bahsni 6:3, 7:6 (7:4), 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal etdi. Bu g‘alaba orqali Novka Jokovich “Ulkan toj” turkumidagi musobaqalarning 14 bora g‘olibi sifatida tarixdan o‘rin oldi.
Shuningdek, mazkur muvaffaqiyat uning AQSh ochiq chempionatidagi 3-g‘alabasidir.
Ma’lumot uchun, musobaqaning mukofot jamg‘armasi 53 mln dollarni tashkil qilgan. Sovrin qiymati 2013-yildagisiga nisbatan 57 foizga ko‘tarilgan. Jokovichga mazkur chempionlik uchun 3,8 mln dollarga ega bo‘ldi.
Izoh (0)