AQShning Chikago shahrida erkaklar o‘rtasida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 150 ming dollar bo‘lgan “Chellenjer” musobaqasi yakuniga yetdi.
Avvalroq mazkur musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Denis Istomin yarim final doirasida aqshlik Byorn Frantenjeloga qarshi kortga chiqib, 6:1 hamda 6:2 hisobida g‘alaba qozongan holda final yo‘llanmasiga ega chiqqani haqida xabar berilgandi.
Yaqindagina Osiyo o‘yinlari—2018 oltin medali sohibi bo‘lgan Denis final bahsida Reili Opelkaga qarshi kortga chiqdi. Istomin 2 setda — 6:4, 6:2 hisobida g‘alabaga erishdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.
Izoh (0)