AQShning Ratger universiteti sayyorashunoslari Oy sathida yorqin naqshlarning paydo bo‘lishi sababini aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Olimlar “Oy naqshlari”ning paydo bo‘lishi muayyan magnit anomaliyasi bilan bog‘liqligini bilar edi, ammo kuchli magnit maydonining har bir hududi ham o‘z atrofida bunday naqshlar hosil qilmas edi. Bunda Oyning o‘zi global magnit maydoni hosil qilmaydi. Shu bois tabiiy yo‘ldosh yuzasidagi bunday strukturalarning kelib chiqishi noma’lumligicha qolayotgan edi.
Kompyuterda modellashtirish yordamida olimlar bu naqshlar yo‘ldosh yuzasi ostida joylashgan magnit maydoni atrofida yuzaga kelishi mumkinligini aniqladi.
Aynan mana shunday naqshlar tufayli mashhur “Oydagi odam yuzi” illyuziyasi yuzaga keladi. Bunda Oydagi strukturalar tuzilishi odamning yuzini eslatib yuborishi inobatga olinadi.
Izoh (0)