MalwareHunterTeam xizmatining kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlari AQShning sobiq prezidenti Barak Obama nomi bilan atalgan xavfli virusni aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Barak Obamaning abadiy ko‘k buzg‘unchi virusi nomi ostidagi dastur bilan zararlangan qurilmaning ekranida AQShning 44-prezidenti surati paydo bo‘ladi. Buzg‘unchi kompyuterda o‘rnatilgan antiviruslar ishini to‘xtatib qo‘yadi. Mutaxassislar uning Kaspersky va McAfee kabi dasturlarga ta’sirini payqagan.
Antivirus dasturlari ishini to‘xtatgandan keyin zararli dasturiy ta’minot kompyuterni skaner qiladi va undagi barcha exe formatidagi fayllarni raqamlaydi. Ta’sir ostiga boshqa viruslar e’tiboridan chetda qoladigan Windows papkalari ham tushadi. Kimdir bunday fayllarni ishga tushirganda, u avtomatik tarzda virus dasturni ham ishga tushiradi.
Zararlanishdan keyin ekranda Barak Obamaning surati paydo bo‘ladi, uning yonida esa xakerlar bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar chiqadi. Foydalanuvchi virusdan qutulish uchun ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali xakerlar bilan bog‘lanishi kerak. Bu virusning qanday tarqalayotgani hozircha noma’lum.
Izoh (0)