AQShning Arizona universiteti olimlari timsohga 3D printerda dum tayyorladi. Hayvon tanasining bu muhim qismini jangda yo‘qotgan, dumsiz yashab qolish imkoniyati esa juda kam bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Timsohlar dumini suzish va quruqlikda harakatlanishda ishlatadi. Bu a’zosiz timsoh yovvoyi tabiatda ojiz bo‘lib qoladi.
Silikon protez timsohga hayot uchun ikkinchi imkoniyatni bergan. U endi qaytadan to‘liq harakatlana oladi.
Izoh (0)