Turkiyaga Rossiyaning S-400 havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi kelasi yil o‘rtalarida yetkazib beriladi. Bu haqda harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat direktori Dmitriy Shugayev ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Shartnoma ijrosi grafik bo‘yicha bormoqda. Yetkazib berish — 2019-yil o‘rtasida amalga oshiriladi”, — dedi Shugayev.
Nashr eslatishicha, Rossiya S-400 ni Turkiya tomoniga 2020-yilda yuborishni rejalashtirgan edi, ammo Anqaraning iltimosi bilan yetkazib berish sanasi barvaqtroq muddatga ko‘chirildi.
Izoh (0)