Koreya Respublikasi KXDR bilan joriy yil oxirigacha tinchlik shartnomasini imzolashga intilmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Indoneziyaning Kompas gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Agar joriy yil oxirigacha “Koreya urushi tugagani haqida e’lon qilinsa, zo‘r bo‘lardi. U Koreya yarim orolidagi dushmanlikka nuqta qo‘yardi, Seul va Pxenyan o‘rtasida ishonch o‘rnatishga qo‘yilgan amaliy qadam bo‘lardi”, — dedi Mun Chje In.
Prezidentning ta’kidlashicha, ikki mamlakat yetakchilari avvalroq Koreya yarim orolining yadrosiz maqomiga erishish va barqaror tinchlik o‘rnatish haqida kelishib olgan, endi esa ushbu qoidalarni chin dildan bajarish qolgan, xolos.
Prezident Seul nafaqat Pxenyan bilan aloqalarni rivojlantirish, balki Shimol va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, yadrosizlanish jarayonini tezlashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishini va’da qildi.
Izoh (0)