Braziliya prezidenti lavozimi uchun saylov poygasida favorit bo‘lgan Jair Bolsonaruga suiqasd uyushtirilishi natijasida u og‘ir jarohatlar oldi, deb yozadi “Vesti.ru”. U yaqin 7—10 kun davomida kasalxonada yotadi.
Bolsonaruga Juiz-de-Foru shahrida saylovoldi mitingi chog‘ida suiqasd uyushtirildi. Yovuz niyatli shaxs unga pichoq bilan zarbalar berdi. Jinoyatchi qo‘lga olindi. Bu ish bo‘yicha ikkinchi gumonlanuvchi ham paydo bo‘ldi.
Siyosatchi kasalxonadan chiqqach, reabilitatsiya jarayoni boshlanadi. Shifokorlarning aytishicha, ikki oydan keyin u yana bir marta operatsiya qilinishi mumkin.
Braziliyada umumiy saylovlar oktabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)