• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Jizzax sement zavodi” faoliyatidan aholi nega norozi bo‘lmoqda?

    “Xalq so‘zi Online” “Insonlarning salomatligi muhimmi yoki sement? ‘Jizzax sement zavodi’ faoliyatidan aholi nega norozi bo‘lmoqda?” nomli maqolasini e’lon qildi. Quyida ushbu maqolani to‘liqligicha e’tiboringizga havola qilamiz.

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Bugun yurtimiz qurilishlar maydoniga aylangan. Mamlakatimizning qaysi hududiga bormang yirik bunyodkorlik ishlari ustidan chiqasiz. ushbu ezgu sa’y-harakatlardan ko‘zlagan maqsad bitta — u ham bo‘lsa xalqimiz turmush farovonligi oshirish.

    Ma’lumki, har qanday qurilishni sementsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shundan ham keyingi yillarda mazkur muhim qurilish mahsulotini ishlab chiqarish borasida bir qator muhim loyihalar amalga oshirildi. Xususan, 2014-yilda Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati tarkibida qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Jizzax sement zavodi” ish boshlashi bilan yurtimizda mazkur mahsulotni ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ortdi. Bugungi kunda korxonada bir yilda 350 ming tonna oq va 760 ming tonna portland sement ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotning ma’lum qismi qismi qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Zavodda 400 nafardan ziyod fuqaroning bandligi ta’minlangan.

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Mazkur zavod faoliyati va ishchi-xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida korxonaga ertalab soat 8:10 da tashrif buyurdik. Ammo bizga rahbariyat yig‘ilish o‘tkazayotgani va yig‘ilish ikki-uch soat davom etishini ma’lum qilishib, kutib turishimizni bildirishdi.

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    To‘g‘risi korxona oldida bir soatdan ziyod kutib tura olmadik. Sababi zavoddan chiqayotgan ohak va tuproq kukuni miqdori shunchalik ko‘p ediki, kaftingizni ochib tursangiz ikki daqiqaga bormay bir uyum ohak gili qo‘lingizda paydo bo‘ladi.

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Shu bois fursatni boy bermay zavod atrofida yashayotgan aholining turmushi bilan tanishish maqsadida korxonaga yaqinida joylashgan Hamza qishlog‘iga bordik va odamlarni fikrlari bilan qiziqdik.

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    — Zavod joriy yilning aprel oyidan boshlab mana shunday shu ahvolga tushib qoldi, oldin bunday emasdi, — deydi Hamza qishlog‘ida yashovchi Hamida Normurodova. — Har kuni ertalab soat 5-6 lardan boshlab ustimizga ohaktosh kukuni yog‘a boshlaydi va bu holat tushdan keyingi soat 16-17 larda kamaya boshlaydi. Biz bu vaqtda uydan chiqmaslikka harakat qilamiz. Baribir chang va kukun uy ichiga kirib ketadi. Bolalar bilan og‘zimiz va burnimizni berkitib olamiz. Qishloqning deyarli barcha aholisi kasallikka chalingan. Ishonmasangiz barcha uylarga kirib chiqing. Har kuni shu changda 5-6 kilometr yurib aravada suv tashiymiz. Uyga olib kelgan suvimiz yuvinishimizga bazo‘r yetadi.

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    — Men shu korxonada ekskavatorchi bo‘lib ishlayman, — deydi o‘zini tanishtirishni istamagan yana bir shu qishloqda yashovchi fuqaro. — Hozir ish vaqti. Tog‘da yuk ortishim kerak. Afsuski ishlay olmayman. Chang va ohak kukunini qarang ustingizdan chelak bilan quygandek bo‘lyapti. Bu turishda ishlab bo‘ladimi. Shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirsa shunda ish boshlaymiz. Korxona rahbariyatining bundan xabari bor. Tozalovchi filtr kuyganiga necha oylar bo‘ldi. Uni tuzatish borasida amaliy harakatlar qilinmayapti. Bundan esa nafaqat mahalliy aholi vakillari, balki atrof-muhitga ham jiddiy zarar yetmoqda.

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida sement zavodiga qaytib kelib, rahbariyatning fikrini bilishga harakat qildik. Biroq, zavodga kirish va ro‘yxatga olish bo‘limi xodimlari rahbariyat bizni qabul qilmasligi, bu masalaga javob bera olmasligini ma’lum qilishdi. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati rahbariyati ruxsat bersa, mazkur zavod rahbariyati javob berishini bildirishdi. Shu bois ushbu masalaga oydinlik kirita olmay orqaga qaytishga majbur bo‘ldik.

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Foto: Baxtiyor Akromov/“Xalq so‘zi”

    Yo‘lda cho‘ponlar, Oq-tom qishlog‘i aholisi bilan suhbatlashdik. Ularning aytishicha, keyingi besh oy davomida zavodda tozalash uskunalari ishlamasa-da zavod ishlab turgani uchun atrofdagi qishloqlar va cho‘ponlar juda katta zarar ko‘rishmoqda. Xususan, qo‘ylar ohak kukuni va sement tushgan o‘t-o‘lan va yantoqni yeyishi natijasida o‘tlab yurgan yoki g‘o‘rada o‘lib qolmoqda. Qishloqlarda badbo‘y havodan nafas olishning imkoni bo‘lmayapti. Poliz va boshqa ekinlar so‘lib qolmoqda.

    Korxona bir kecha-kunduzda to‘liq quvvat bilan ishlaganda havoga 10-12 tonna chiqindi chiqar ekan. Biroq bugungi kunda zavoddan bir kunda 200 tonnaga yaqin chiqindi havoga chiqib ketmoqda. Eng achinarli jihati, bu chiqindilar deyarli tayyor mahsulot bo‘lib, bir qayta ishlansa tayyor sementga aylanadi. Bugungi kunda bir kilo sementning bozor narxi 850-900 so‘mni tashkil etmoqda. Demak, har kuni mazkur zavoddan 170-180 million so‘mlik mahsulot havoga uchib ketmoqda. Bu mahsulotlar uchun sarflangan elektr energiyasi, ishchi kuchi, fuqarolar salomatligi uchun kim javob beradi. Mazkur masalaga mutasaddilardan javob kutib qolamiz.

    07.09.2018, 15:48   Izoh (0)   60454
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Lifan mototsiklini olib qochgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

    07.09.2018, 15:33

    Bolasini tizzasiga o‘tqazib Spark haydagan ayol vaziyatga izoh berdi

    07.09.2018, 14:58

    Surxondaryodagi “Xojaipok ota” ziyoratgohida o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

    07.09.2018, 14:50

    Buxoro prokuraturasi fuqaroning IIB mashinasida vafot etishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

    07.09.2018, 14:14

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida darsliklar ijarasi o‘rtacha 15 foizga qimmatlashdi

    07.09.2018, 13:15

    Urganchda “Do‘stlik va NNTlar uyi” ochildi

    07.09.2018, 12:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodjaning 18 nafar harbiy xizmatchisini asirga oldi

    Dunyo | 29 iyul, 23:55

    Braziliyalik keksa ayol ChatGPT’ni sevib qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 29 iyul, 23:40

    “Isroil G‘azodagi siyosatini o‘zgartirmasa, London sentyabrda Falastinni tan olishga tayyor” — Buyuk Britaniya bosh vaziri

    Dunyo | 29 iyul, 23:25

    UFC reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov 3 pog‘ona yuqoriladi

    Sport | 29 iyul, 23:10

    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 23:10

    O‘zbekistonda 75 foiz korrupsiyaviy jinoyatlar maishiy shaklda sodir etilayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:47

    O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.