Urganchda “Do‘stlik va NNTlar uyi” ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shahar markazidagi foydalanilmay turgan inshoot jami 1 milliard 300 million so‘m evaziga to‘liq rekonstruksiya qilinib, ta’mirdan chiqarildi. Ayni paytda ushbu binoda viloyatda faoliyat olib borayotgan tatar, koreys, rus va qozoq milliy madaniy markazlari hamda 20 ga yaqin nodavlat notijorat tashkiloti ish boshladi.
Shuningdek, binoda turli madaniy tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan zal, til o‘rgatish markazlari, raqs, kompyuter to‘garaklari, tibbiyot va dam olish xonalari hamda koreys milliy madaniy markazi tomonidan tashkil etilgan muzey joylashgan.
— Xorazmda 4 mingga yaqin koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi, — deydi viloyat koreys milliy madaniy markazi rahbari Antonina Kim. – Ular, mana 80 yildirki, bu zaminda turli millat vakillari bilan o‘zaro totuvlikda yashab kelmoqda. Mana shunday muhtasham “Do‘stlik va NNTlar uyi”ning birinchi bo‘lib Urganchda ochilishi viloyatda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillarini behad quvontirdi. Bu yerda milliy madaniy markazlarning yanada samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Izoh (0)