Avvalroq, Toshkent shahar IIBB: Yosh bolani oldiga o‘tqazib, Spark mashinasini haydab ketayotgan ayolga nisbatan choralar ko‘rilishi haqida xabar berilgan edi.
“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi ijodkorlari ushbu ayol bilan bog‘lanib, ushbu holatga oydinlik kiritdi. Bu haqda Uz24 ma’lum qildi.
Shaxsiy avtomobilimda 8 yildan buyon harakatlanaman. Shu paytgacha yo‘l harakati qoidalarini buzmagan edim. Shunday vaziyat bo‘ldiki, 2 yosh-u 3 oylik farzandim yig‘lab qoldi. Qo‘yliqdan Ibn Sinogacha masofa uzoq bo‘lgani sabab ona sifatida tizzamga o‘tqazib mashina boshqarishga majbur bo‘ldim. Bunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganimdan pushaymonman, boshqa safar bunday yo‘l tutmayman.Munojot Sadriddinova, haydovchi
Izoh (0)