Surxondaryo viloyatida joylashgan ziyoratgoh hududida telefon o‘g‘irlagan shaxs ushlandi, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 4-sentabr kuni Boysun tumanida yashovchi M.A. “Xojaipok ota” ziyoratgohida joylashgan cho‘milish suv havzasining kiyim almashtirish xonasida qarovsiz qoldirilgan tanishi A.X.ga tegishli kiyim cho‘ntagidan Samsung mobil telefonini o‘g‘irlab ketgan. Ko‘rilgan choralar natijasida M.A. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)