O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Shanxay ayollar federatsiyasi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Hujjat Shanxay ayollar federatsiyasi vitse-prezidenti Lyu Sini rahbarligidagi Xitoy delegatsiyasining 9—11-sentabr kunlariga belgilangan tashrifi chog‘ida imzolanadi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida Xitoy delegatsiyasi va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Tomonlar ayollar huquqlari masalalari, huquqiy asoslar hamda ularning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi ishtirokining ahamiyati bo‘yicha fikrlar almashadi.
Izoh (0)