Xitoy Afrika mamlakatlariga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 3-sentabr, dushanba kuni XXR raisi Si Szinpin Pekinda Xitoy va Afrika hamkorligi forumi (FOCAC-2018) ochilish marosimidagi chiqishida ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Xitoy yetakchisining so‘zlariga qaraganda, yaqin uch yilda 10 milliard dollar ajratiladi. Gap hukumatlararo yordam, investitsiyalar, kapital investitsiyalar va kreditlar haqida bormoqda. Jumladan, umumiy summadan 15 milliard dollari yordam va foizsiz kredit sifatida ajratilishi ko‘zda tutilgan.
XXR raisi, shuningdek, Pekin Afrika mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga moddiy yordam sifatida qo‘shimcha 1 milliard yuan (146 million dollar atrofida) taqdim etish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Afrikaga qishloq xo‘jaligi sohasidagi yuqori malakali 500 nafar xitoylik mutaxassis yo‘naltiriladi.
Izoh (0)