Yaqin orada poytaxtga Termiz—Toshkent trassasi orqali kirib keladigan mehmonlarni yangi art-obyektlar qarshi oladi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Birinchi galda o‘tgan asrning 60-yillarida qo‘yilgan “Toshkent” yozuvining o‘zi ta’mirlanadi. Uning qarshisidagi mozaika bilan bezatilgan stella ham ta’mirga, atrofdagi hudud esa obodonlashtirishga muhtoj holatga kelgan.
IIBB va Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan tuzilgan ishchi guruhi yangi loyihani ishlab chiqdi. Loyihaga ko‘ra, “Toshkent” yozuvi va uning ortidagi poytaxtning eng mashhur inshootlari aks etgan metall konstruksiyalar nurlantiriladi.
Stella ta’mirlanadi, uning atrofidagi maydon esa tartibga keltiriladi. Hudud obodonlashtirilib, manzarali daraxtlar va gullar o‘tqaziladi.
Izoh (0)