Jizzax investitsion forumi yakunlari bo‘yicha umumiy miqdori 800 million AQSh dollaridan ortiq 28 ta kelishuv va memorandum imzolandi. Bu haqda Davlat investitsiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
Imzolangan bitimlar va memorandumlar paketi qurilish materiallari, zamonaviy tibbiyot uskunalari va farmatsevtika preparatlari, tayyor charm va charm-galantereya mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, kelishuvlar qishloq xo‘jaligi, sut va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, transport va mehmonxona infratuzilmasi, tiklanuvchi energiya va kimyo sohalarida qator loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Izoh (0)