Toshkentda “Jomiy” maydonidan “Tuzel-3” massiviga qatnaydigan 148-sonli avtobus marshruti 1-sentabrdan Toshkent viloyati Qibray tumani “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘iniga qadar uzaytirildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Qayd etilishicha, ushbu qaror mahalla fuqarolar yig‘ini talab va istaklariga ko‘ra qabul qilingan.
Marshrutda shuningdek, grafik soni ham yettitadan sakkiztagacha Isuzu avtobuslariga ko‘paytirilgan. Avtobuslardan to‘rttasi yangi.
1-sentabrdan Toshkent xalqaro aeroporti — Tuzel yo‘nalishida harakatlanuvchi 106-marshrut ham 4 ta yangi Isuzu avtobusi bilan ta’minlangan.
Izoh (0)