O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni USM Holding aksiyadorlik jamiyati asoschisi, rossiyalik tadbirkor va milliarder Alisher Burhonovich Usmonovni “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Hujjatda aytilishicha, Alisher Usmonov “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi, mamlakatimizda yirik investitsion loyihalarni samarali amalga oshirgani” hamda boshqa xizmatlari uchun ushbu mukofotga loyiq topilgan.
Izoh (0)