Shuxrat Yovqochev O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori etib tayinlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanaliga tayanib O‘zA xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Akademiya Qur’on ilmi, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Izoh (0)