Jomboy tumanida yashovchi ikki fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishlaricha, joriy yil fevral-mart oylarida mahalladoshlari Sh.T. ularning hujjatlarini Tashkent City majmuasiga topshirib, tanishlari orqali qurilish ishlariga joylashtirib qo‘yishni va’da qiladi. Ularni aldab, har biridan 450 ming so‘mdan pul oladi. Biroq ishga ham joylashtirmaydi, pullarini ham qaytarib bermaydi.
Holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sh.T tilxat orqali ochiqda qoldirilgan.
Izoh (0)