Tailandda 64 yoshli rohib jamoaviy ibodatga xalal bergan yosh shogirdini savalab o‘ldirib qo‘ydi, deya xabar bermoqda KNews.
Hodisa Kanchanaburi budda ibodatxonasida yuz berdi. Jamoaviy ibodat chog‘ida to‘qqiz yoshli bola shovqin solib, boshqa shogird bolalarni chalg‘ita boshlagan. Rohib bundan g‘azablanib, bolani bambuk cho‘pi bilan savalagan va uning boshini ustunga oborib urgan.
Natijada bola komaga tushib qoldi va bir necha kun o‘tgach, mahalliy kasalxonada vafot etdi. Rohib ibodatxonadagi voqeadan keyin darhol hibsga olindi, yaqin orada unga qotillik ayblovi qo‘yiladi.
Ta’kidlanishicha, rohib marhum bolani avval ham yomon xulqi uchun savalagan. Onasi bundan xabardor bo‘lgan, ammo hech narsa qila olmagan.
Izoh (0)