Qozog‘istonning Ostona shahrida yangi o‘quv yilida beshta maktab va uchta kollej lotin yozuviga o‘tadi, deb yozadi “Zakon.kz” shahar ta’lim boshqarmasi rahbari Anuar Jangozinga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi o‘quv yilida ota-onalar va o‘quvchilar uchun maxsus kodekslar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular o‘quv jarayoni ishtirokchilari uchun maxsus qoidalarni o‘z ichiga oladi.
“Biz ota-onalarning davlat tilini rivojlantirish loyihasi bo‘yicha yangi sinflar ochish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladik. G‘oya rus tilidagi sinflarni asta-sekinlik bilan davlat tilida o‘qitiladigan sinflarga aylantirishdan iborat. Birinchi sinfda 70 foiz ta’lim rus tilida olib borilsa, 5-sinfga kelib, 100 foiz ta’limni qozoq tiliga o‘tkazish rejamiz bor”, — dedi Anuar Jangozin.
Izoh (0)