Moskva viloyatining Kotelniki shahrida zaharlangan va kasalxonaga yotqizilgan 23 nafar oʻzbekistonlik quruvchi barcha zarur narsalar bilan taʻminlangan. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi maʻlum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
Ularga bugun, 23-avgustdan boshlab kasalxonadan chiqishga ruxsat berilishi kutilmoqda.
Zaharlanish oqibatida bir nafar oʻzbekistonlikning halok boʻlishi yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Barcha tegishli tadbirlar yakunlanganidan soʻng marhumning jasadi vataniga yuboriladi.
Bunga ketadigan barcha xarajatlarni oʻzbekistonliklarni “Oranj park” turar joyi qurilishiga yollagan Boes Construction kompaniyasi oʻz zimmasiga olishini bildirdi.
Izoh (0)