Argentina huquq-tartibot idoralari 21-avgust, seshanba kuni Rossiyaning Buenos-Ayres shahridagi elchixonasi binolaridan birida topilgan kokain yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Narkotiklar krematoriyda mamlakat xavfsizlik vaziri Patritsiya Bullrich va Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Dmitriy Feoktistov ishtirokida yoqib yuborildi.
Joriy yil fevral oyi oxirida Rossiya TIV ikki davlat huquq-tartibot organlari Yevropa bozoriga narkotiklarning yirik turkumini yetkazish kanaliga chek qo‘yilganini ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, Rossiyaning Buenos-Ayresdagi elchixonasi binolaridan birida topilgan 362 kilogramm miqdoridagi kokain turkumi bu paytda xizmat safarini yakunlagan diplomatik vakolatxona xodimiga tegishli bo‘lgan.
Tergov davomida 6 kishi — Rossiyada 3 kishi, 2 kishi Argentinada va jinoiy guruh tashkilotchisi Andrey Kovalchuk Germaniyada qo‘lga olindi. Iyul oyida Germaniya Kovalchukni Rossiyaga topshirdi.
Izoh (0)