Bugun, 22-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar davom etmoqda.
Jumladan, -87 kg vaznda Rustam Assakalov hindistonlik raqibini 10:0 hisobida muddatidan avval mag‘lub etib, finalga yo‘l olgani haqida avvalroq xabar berilgandi.
Hozirgina final bahsi yakuniga yetdi. Assakalov finalda eronlik Hussayn Nuriga qarshi gilamga chiqib, 1:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa Rustam Osiyo o‘yinlari—2018 ning kumush medaliga ega chiqdi.
Birozdan so‘ng, -130 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mo‘minjon Abdullayev finalda qozog‘istonlik raqibiga qarshi gilamga chiqadi.
Izoh (0)