Qirg‘izistonda, Issiqko‘l sohilida 2-sentabr kuni Ko‘chmanchilarning uchinchi butunjahon o‘yinlari boshlanadi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Sportning 36 milliy turida bellashish uchun 80 mamlakatdan 3 mingdan ortiq atlet taklif etilgan. O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Vengriya, Rossiya mintaqalari, xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari tadbirdagi ishtirokini tasdiqladi. O‘yinlar YuNЕSKO shafeligida o‘tkaziladi.
Tadbir doirasida ilk bor “Ko‘chmanchilarning butunjahon oshxonasi” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Unda 10 davlat — O‘zbekiston, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Rossiya va Ruminiyaning eng yaxshi oshpazlari tomonidan tayyorlangan taomlar taqdim etiladi.
Izoh (0)