Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huquq-tartibot organlari xodimlarining poytaxt kafelaridan biridagi qo‘pol harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvini olib bormoqda. Bu haqda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Uning aytishicha, har bir xodimning xatti-harakatiga xolis baho beriladi va tegishli choralar ko‘riladi.
“Afsuski, shunday holatlar bo‘ladiki, xodimlarimiz xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tartibni buzadi, qayerdadir qonunni buzadi. Bunday xodimlarga nisbatan biz albatta chora ko‘ramiz, o‘zimiz aniqlaymiz. Katta tarbiyaviy ish, kadrlar tanlovi, taqsimoti olib borilmoqda”, — dedi IIBB boshlig‘i.
Toshkent prokuraturasi huquq-tartibot organlari xodimlarining harakatlariga qonuniy baho beradi, tergovgacha tekshiruv boshlandi, dedi Toshkent prokurori Sherzod Obloqulov.
Izoh (0)