Toshkent hayvonot bog‘ida bundan buyon silovsin va mangustlar ham yashaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik bog‘ ma’muriyatiga tayanib.
“Bir necha kun oldin Novosibirsk hayvonot bog‘idan silovsin, mangust va surikatlar olib kelindi. Silovsinlar hali yangi joyga o‘rganmagani tufayli, ular tashqariga kam chiqmoqda. Lekin surikatlar juda faol. Ulardan biri hatto qo‘lga o‘rgatilgandek”, — deyilgan xabarda.
Undan tashqari Toshkent hayvonoy bog‘ida yana ikkita ola-bula mangust va bo‘yinbog‘li pekari nomli hayvonlar paydo bo‘lgan.
Izoh (0)