G‘ishtko‘prik chegara bojxona postida kirib kelgan fuqarolar Sh.N. va Sh.S.lar zargarlik buyumlarini olib kirishda jirkanch usuldan foydalanishdi. Bu haqda “Daryo”ga bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ya’ni, bojxonachilarni chalg‘itish maqsadida tilla taqinchoqlarni ichki kiyimlari va jinsiy a’zolariga bekitib olib o‘tishga urinishgan.
Sh.N. qiymati 14,5 million so‘mdan ortiq bo‘lgan jami 167 gramm og‘irlikdagi, Sh.S. esa 12,4 million so‘mlik 149 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini olib o‘tishlariga yo‘l qo‘yilmadi.
Izoh (0)