“O‘zstandart” agentligi va O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tomonidan respublikada HALAL sertifikatsiya tizimini joriy qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda, deb yozadi UzDaily. Bu Malayziya bozoriga to‘siqsiz chiqish va mamlakat eksporti hajmini oshirish imkonini beradi.
“O‘zstandart” agentligi vakillari Malayziyaning halol sertifikatsiyasi sohasidagi tajribasini va ushbu tizimni O‘zbekistonda joriy qilishni o‘rganish uchun 15—17-avgust kunlari bu mamlakatda bo‘ldi.
Tashrif doirasida Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) bilan muzokaralar olib borildi hamda O‘zbekistonda halol sertifikatsiyasini birgalikda joriy qilish va Malayziya tashkiloti tomonidan o‘zbek agentligining halol sertifikatini berish bo‘yicha rasmiy organ sifatida rasman tan olish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.
Izoh (0)