Avvalroq xabar bergilganidek, bugun, 19-avgust sanasida o‘zbekistonlik atletlar 6 ta sport turida bahslarga kirishdi. Ushbu sport turlari orasida tennis ham bo‘lib, bugun mikst, ya’ni aralash juftlikni hosil qilgan tennischilar o‘z ishtiroklarini boshladi.
Oqgul Omonmurodova va Sanjar Fayziyevdan iborat o‘zbekistonlik tennischilar juftligi Shri-Lanka terma jamoasi a’zolari Dissanayaki/Kireraga qarshi kortga chiqib, 6:4, 6:3 hisobida zafar quchishdi.
Birozdan so‘ng Iroda To‘laganova va Farrux Do‘stovdan tarkib topgan aralash juftlik Xitoy Taypeyi tennischilari Chang/Xsiyex tandemiga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)