Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida politsiya isroillik sayyohlarni namoyishchilar deb o‘ylab, ularni kaltaklagan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Isroilliklar o‘z pasportlarini ko‘rsatishga va xorijlik fuqarolar ekanligini isbotlashga uringan. Voqea uchun hech kim uzr so‘ramagan.
Isroil elchixonasining bayonotiga ko‘ra, aybsiz isroilliklar hukumat va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan joyga yaqin bo‘lgan. Pasportlar ko‘rsatilganiga qaramasdan, politsiya ularni mashinadan tushirib olgan va kaltaklagan. Elchixona bayonotida hodisadan jabrlangan isroilliklarning sudga murojaat qilishi aytilgan.
Izoh (0)